O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 14-yanvardagi "Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi PQ-4954-sonli qaror ijrosini ta’minlash hamda “Turizm va shaxmat haftaligi”ni tashkil etish va ushbu haftalik doirasida keng sayyohlar oqimini jalb qilgan holda kuchli shaxmatchilar va sayyohlar oʻrtasida blis turnirlar, mahorat darslari hamda uchrashuvlar, turistik saloxiyat aks etgan sayillar tashkil etish maqsasida 2021 yil 18 may kuni mazkur haftalik munosabati bilan sharif shahrimizning “Poyi kalon” tarixiy obidasi oldida shaxmat bo’yicha sayyoxlar hamda shaxmatchilar o’rtasida musobaqa tashkil etildi.
Mazkur musobaqada 50 nafar qatnashchilar ishtirok etib, sport tadbiri yuqori saviyada va ko’tarinki kayfiyatda bo’lib o’tdi.
Undan tashqari kecha G’ijduvon tumanidagi Xòja Abduxoliq Ğijduvoniy ziyoratgohida ham mazkur haftalik bo’yicha sportchi o’quvchilar o’rtasida ana shunday musobaqa tashkil etildi. Ushbu musobaqada ham tuman ta'lim muassasalaridan 100 nafarga yaqin ishtirokchilar qatnashishdi. Musobaqa g’olib va sovrindorlari tuman hokimligi va sport bo’limi tomonidan diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.
Buxoro viloyati turizm va sport bosh boshqarmasi
Matbuot xizmati