Milliy matbuot markazida ommaviy sport mavzusi

Milliy matbuot markazida 2017 yil 4 sentyabr kuni Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasining “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish, yoshlarni sportga yanada kengroq jalb qilish, pullik sport to‘garaklari narxlarini arzonlashtirish borasida belgilangan chora-tadbirlar” mavzusidagi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda qo‘mita raisining o‘rinbosari Farhod Turdiyev, matbuot kotibi Mirzahakim To‘xtamirzayev va boshqarma boshliqlari ishtirok etib, ommaviy axborot vositalari xodimlarini qiziqtirgan savollarga javob berishdi.
O‘zbekiston Respublikasi hududlarida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish, aholining barcha qatlamlari, ayniqsa yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish, mamlakatimizda bu borada yaratilgan sharoitlardan samarali foydalanish natijadorligini oshirish maqsadida 2017 yil 3 iyunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” PQ-3031-sonli qarori hamda ushbu qarorda “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish dasturi” qabul qilindi.
Mazkur Qaror va Dasturga muvofiq 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish uchun jami 995,2 mlrd so‘mdan ziyod mablag‘ sarflanishi nazarda tutilgan.
Dasturda 5 ta bo‘lim 82 ta band bo‘lib, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi tegishli vazirlik va idoralar bilan ijrosini ta’minlash bo‘yicha qator ishlarni amalga oshirmoqda. Bu borada tavsiyalar ishlab chiqish, vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari va hududiy ishchi guruhlariga tashkiliy-uslubiy yordam ko‘rsatib borish bo‘yicha 20 iyul kuni Toshkent shahrida seminar o‘tkazildi.
Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 19 oktyabrdagi “Byudjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 414-sonli qaroriga muvofiq barcha turdagi sport maktablari O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan mablag‘ bilan ta’minlanadigan tarmoqlarda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, byudjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash mexanizmini takomillashtirish, byudjet mab­lag‘laridan samarali va aniq foydalanish hamda byudjet va smeta-shtat intizomini mustahkamlash uchun byudjet tashkilotlari rahbarlarining mustaqilligini kengaytirish va mas’uliyatini oshirish, ish haqi va unga teng­lashtirilgan to‘lovlar (bolali oilalarga nafaqalar va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam), ish haqiga qo‘shimchalar, byudjet tashkilotlari tomonidan vaqtincha foydalanilmayotgan binolarni va davlatning boshqa mol-mulkini boshqa tashkilotlarga ijaraga berishdan, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan byudjet tashkilotlariga homiylik (beg‘araz) yordami berilishidan qo‘shimcha daromadlar olish hisobiga kengaytirish maqsadida faoliyat yuritib kelmoqda.
Bugungi kunda respublikamiz bo‘yicha Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi tizimida jami 225 ta Bolalar va o‘smirlar sport maktabi, 54 ta Ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi, 15 ta olimpiya zaxiralari kolleji, 26 ta futbolga ixtisoslashtirilgan maktab internat faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Bolalar va o‘smirlar sport maktablarida sport to‘garaklarini tahlil qiladigan bo‘lsak, hozirgi vaqtda olimpiya sport turlariga talab oshayotganligi sababli bitta sport maktabida o‘rtacha sport to‘garaklarining soni 8 tadan 14-16 tagacha oshirilmoqda. Xalq ta’limi vazirligi tizimi vaqtida asosan noolimpiya va milliy sport turlariga e’tibor kuchliroq bo‘lgan.
Pullik xizmat ko‘rsatish borasida hozirgi kunda sport yo‘nalishlari bo‘yicha o‘rta hisobda olingan ma’lumotlarga ko‘ra suv sporti yo‘nalishi bo‘yicha pullik xizmatlar kunlik 10 ming va oylik chiptalar 100 ming so‘mni, gimnas­tika sport turlarida 80 ming so‘mni, yakkakurash sport turlarida 50 ming so‘mni va sportning o‘yin turlaridan futbol bo‘yicha 30 ming so‘mni tashkil etadi.
Pullik xizmatlar ma’lum sport turiga talab va ehtiyojdan kelib chiqqan holda yoinki ushbu sport turi bo‘yicha individual yoki qo‘shimcha ravishda shug‘ullanish maqsadida ham tashkil topishi mumkin.
Ushbu turdagi oylik to‘lov maktab rahbariyati va trener-o‘qituvchi tomonidan ikki taraflama shartnoma asosida va qonun doirasidan chiqmagan holda amalga oshiriladi, trener-o‘qituvchining asosiy ish vaqtiga ta’sir etmagan holda olib boriladi.
Yo‘nalishlar bo‘yicha oylik to‘lovlar ushbu sport turlariga ajratilayotgan (suv havzasi, sport zali, manej, futbol maydoni va h.k.) sport inshooti, kommunal xizmat to‘lovlari, ishchi-xizmatchilarning oylik maoshlari va sport yo‘nalishlari bo‘yicha foydalaniladigan sport jixozlari hamda boshqa ko‘zda tutilmagan harajatlardan kelib chiqqan holda taqsimlanadi va ushbu jami oylik to‘lovlarning 25 foizi trener-o‘qituvchi yoki to‘garak rahbariga oylik maoshi hisobida ajratiladi.
Qolgan 75 foiz tushum sport maktabi bazasini mustahkamlash, samaradorligini oshirish, kerakli jihozlar bilan to‘ldirish, sportni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoit yaratish hamda ish haqi, unga tenglashtiriladigan to‘lovlar va qo‘shimchalarni qonun doirasidan chetlashmagan holda boshqa turdagi xizmatlarni yo‘lga qo‘yish bilan amalga oshiriladi.
Oylik pul to‘lovlarini ota-­onalar yoki shug‘ullanuvchilar tijorat banklari orqali sport maktabining hisob raqamiga to‘lab kvitansiya nusxalarini sport maktabiga taqdim etishlari shart.
Bunda noqonuniy naqd pul mablag‘lari aylanishi va o‘zlashtirilishining oldi olinadi.

Saytning oxirgi yangilanishi:
13.07.2021 | 16:25

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:+998 (71) 239-24-39
  • "Yagona telefon" raqami:+998 (71) 239-24-39
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, 100060, Amir Temur ko‘chasi, 17-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon: (99871) 239-24-07
  • Faks:  (99871) 239-24-07, 239-24-39
  • Mo'ljal:  Amir-Temur hiyoboni
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169