Viloyatimizda shaxmat boʻyicha superliga baxslari qizgʻin kechmoqda!

Ma’lumki mamlakatimizda shaxmatni aholi oʻrtasida keng targʻib qilish va uni ommaviy sport turiga aylantirish, oʻsib kelayotgan yosh avlodning intellektual va madaniy rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, yuqori iqtidorga ega boʻlgan yoshlarni tanlash, saralab olish va ularni professional shaxmatchilar va xalqaro grossmeysterlar sifatida tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish, trenerlar uchun munosib mehnat sharoitini yaratish maqsadida davlatimiz tomonidan 2021 yil 14 yanvar kuni PQ-4954-sonli qarori ishlab chiqildi.

Unga asosan viloyatimizda ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan viloyatimizdagi xar bir muassasa va tashkilotlarda, oʻquv binolarida shaxmat  burchaklari tashkil etildi. Xar bir fuqaroni qolaversa yoshlarni shaxmatga boʻlgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida shaxmat musobaqlari xam deyarli xar kuni tashkil etilib kelinmoqda.

Misol uchun bugun 8 – may kuni viloyatimiz markazidagi koʻxna Nodir Devonbegi majmuasida 9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan, shaxmat federatsiyasi, turizm va sport bosh boshqarmasi sovrinlari uchun kattalar oʻrtasida shaxmat boʻyicha Superliga baxslari boʻlib oʻtmoqda.

Mazkur musobaqalar olimpiya tizimiga koʻra, avvalroq oʻz xududlarida saralashni qoʻlga kiritgan eng kuchli shaxmatchilar oʻrtasida oʻtkazilmoqda.

Bunda Jahon, Osiyo va respublika yoshlar chempionatlari gʻoliblari hamda Buxoro viloyatining eng kuchli shaxmatchilari ishtirok etishmoqda.

Buxoro viloyati turizm va sport bosh boshqarmasi 
Matbuot  xizmati 

Saytning oxirgi yangilanishi:
13.07.2021 | 16:25

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:+998 (71) 239-24-39
  • "Yagona telefon" raqami:+998 (71) 239-24-39
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, 100060, Amir Temur ko‘chasi, 17-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon: (99871) 239-24-07
  • Faks:  (99871) 239-24-07, 239-24-39
  • Mo'ljal:  Amir-Temur hiyoboni
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169