Imkoniyati cheklangan yoshlarning ham sportda oʻz oʻrni bor!

Joriy yilning 8-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligidagi 2019 yil 19 -martda oʻtkazilgan videoselektor majlisining 12-sonli bayonida berilgan 5 ta muxim tashabbus boʻyicha topshiriqlari ijrosini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi PF-6099-sonli “Sogʻlom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni ijrosini ta’minlash va ayniqsa “Sportni sev, sport bilan yasha” shiori ostida viloyatimiz markazida joylashgan Imkoniyati cheklangan Bolalar muruvvat uyidagi yoshlar oʻrtasida “Quvnoqlar va zukkolar” sport musobaqasi boʻlib oʻtdi. Noodatiy tarzda oʻtgan ushbu musobaqada ishtirok etgan bolajonlarning quvonch toʻla koʻzlari xayajon va shijoatdan porlab turgani yaqqol koʻzga tashlanib turdi.

Ushbu musobaqa Buxoro viloyati turizm va sport bosh boshqarmasi, Milliy olimpiya qoʻmitasi Buxoro viloyati vakili X.Xusenov hamda viloyat prokuraturasi va Buxoro shahar Jismoniy tarbiya va sport boʻlimi bilan xamkorlikda tashkil qilindi.

Musobaqada 20 nafardan ortiq imkoniyati cheklangan yoshlar oʻz iqtidorlarini  namoyon etib oʻzgacha bahslarda kuch va gʻayrat  ila  ishtirok etishdi. 

Ushbu musobaqani tashkil etishdan asosiy maqsad, paralimpiya oʻyinlariga ishtirok etishlari uchun imkoniyati cheklangan yoshlar orasidan iqtidorli sportchi yoshlarni tanlab olish, ularni sportga jalb qilib, sportga boʻlgan qiziqishini yanada orttirish va sport orqali ularga motivatsiya bag'ishlab jamiyatda va hayotda oʻz oʻrniga ega boʻlishlarini ta’minlashdan iboratdir.

Buxoro viloyati turizm va sport bosh boshqarmasi 
Matbuot  xizmati 

Saytning oxirgi yangilanishi:
13.07.2021 | 16:25

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:+998 (71) 239-24-39
  • "Yagona telefon" raqami:+998 (71) 239-24-39
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, 100060, Amir Temur ko‘chasi, 17-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon: (99871) 239-24-07
  • Faks:  (99871) 239-24-07, 239-24-39
  • Mo'ljal:  Amir-Temur hiyoboni
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169