“Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarini muvaffaqiyatli bajarganlar qanday imtiyozlarga ega boʻladi?

Bugun tashkil etilgan Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasi davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston Parlamenti va xalqiga yoʻllangan Murojaatnomasida ijtimoiy soha vakillari zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosiga bagʻishlandi. Unda Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev ham ishtirok etdi.

— Xabaringiz bor, yaqinda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni imzolandi va mazkur hujjat mamlakatimizda sportning ommaviyligini taʼminlashda muhim omil boʻlib xizmat qilmoqda. Shuningdek, Prezidentimiz Oʻzbekiston Parlamenti va xalqiga Murojaatnomasida aholining salomatligini muntazam nazorat qilib borish maqsadida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” (JTD) sport sinovlarini joriy etish masalasiga alohida toʻxtalib oʻtdilar. Hozirda bu borada normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilmoqda. JTD sport sinovlari har yili mart oyidan noyabrgacha oʻtkaziladi. Sport sinovlari oʻquvchilarning taʼlim paytida ham, taʼtil vaqtida ham amalga oshirilishi belgilangan. Bunda aholining barcha qatlamlari yoshi va jinsidan kelib chiqib sport turlariga ajratiladi. Albatta sport sinovlarini topshirishning oʻz meʼyorlari ham belgilanadi. JTD sport sinovlarini yaxshi topshirgan yurtdoshlarimiz qanday imtiyozlarga ega boʻladi, degan savol tugʻilsa, birinchi navbatda maktab oʻquvchilari sport sinovlarini muvaffaqiyatli topshirishsa, “Temurbeklar maktabi”ga kirish uchun imtiyozga ega boʻladi, qolaversa oilaviy poliklinikalarda bir martalik bepul malakali tibbiy koʻrikdan oʻtish imkoniyatiga ega boʻladi. Oliy taʼlim muassasalarining talabalari esa bir martalik oʻzlashtirish darajasi yuqori boʻlgan talabalar uchun belgilangan stipendiya miqdorida ragʻbatlantiriladi. Bundan tashqari, gʻoliblar safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat toʻlovlari (50%) hamda muddatli harbiy xizmatga yuborilishida yuqori ustunlikka ega boʻladi. Shuningdek, davlat tashkilotlarida ishlovchilar davlat tashkiloti hisobidan yiliga bir martalik imtiyozli ravishda dam olish maskani yoki sanatoriyalarga yuboriladi.

Saytning oxirgi yangilanishi:
13.07.2021 | 16:25

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:+998 (71) 239-24-39
  • "Yagona telefon" raqami:+998 (71) 239-24-39
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, 100060, Amir Temur ko‘chasi, 17-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon: (99871) 239-24-07
  • Faks:  (99871) 239-24-07, 239-24-39
  • Mo'ljal:  Amir-Temur hiyoboni
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169